Analitika

Shaxsiy fikr: Oʻzbekiston KXSHT aʼzoligiga qaytishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishEkspertы po tematike globalnыx ugroz natsionalnoy bezopasnosti, ukrepleniya oboronosposobnosti i povыsheniya boyegotovnosti VS RF
Ekspertы po tematike globalnыx ugroz natsionalnoy bezopasnosti, ukrepleniya oboronosposobnosti i povыsheniya boyegotovnosti VS RF - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning Rossiya bilan harbiy oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishi, KXSHTga qaytish jarayonining ilk qadami boʻlishi mumkin, dedi harbiy mutaxassis.

TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Rossiya bilan hamkorlikda harbiy oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazishga kelishib olib, kelajakda KXSHTning toʻlaqonli aʼzosiga aylanishi mumkin, dedi Rossiya Mudofaa vazirligining xalqaro boshqarmasining sobiq boshligʻi general-leytenant Yevgeniy Bujinskiy.

Zdaniye ministerstva oboronы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskvada MDH mudofaa vazirlari yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Biroz oldin, Rossiya Markaziy hudud qoʻshnlari qoʻmondonining oʻrinbosari Yaroslav Roщupkin 2017 yilning Oktyabr oyida Oʻzbekiston hududida Rossiya va Oʻzbekiston harbiy kuchlarining oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtishini xabar qilgan edi. Bu Rossiya va Oʻzbekiston qoʻshnlari 2005 yildan buyon birgalikda oʻtkazgan birinchi harbiy mashgʻuloti boʻladi. Mashgʻulotlar oʻtkazish haqida Rossiya va Oʻzbekiston Mudofaa vazirliklari yaqinda Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishib olishgan.

"Rossiya va Oʻzbekiston harbiy hamkorligi yoʻlida birinchi qadam qoʻyildi. Buni hamkorlikning qayta tiklanishi demayapman, chunki Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan keyin mamlakatlarimiz orasida hech qanday harbiy hamkorlik boʻlmagan", — dedi RIA Novosti nashriga Bujinskiy.

Bujinskiyning soʻzlariga qaraganda, Oʻzbekiston yangi rahbariyatining Rossiya bilan harbiy hamkorlik qilish masalasida qarashlari oʻzgargan boʻlishi mumkin, birgalikda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish haqida erishilgan kelishuvning oʻzi bu juda katta progress.

Afgʻon politsiyachilari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi: afgʻon inqirozi kundan-kun chuqurlashmoqda

Mutaxassisning fikriga koʻra, harbiy oʻquv mashgʻulotlari KXSHTga qaytish jarayoning ilk qadami boʻlishi mumkin. Agar Oʻzbekiston KXSHT shartnomasiga qaytsa, tashkilot doirasida koʻp qirrali  hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Birgalikda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish, oʻzaro tashrif almashish, shtablararo muzokaralar, anjumanlar oʻtkazishga imkon paydo boʻladi.

"Harbiy yoʻnalishda hamkorlik boshlangan boʻlsa,  demak, menimcha, Oʻzbekiston KXSHT doirasida toʻlaqonli hamkorlikka qaytishi mumkin. Agar ular KXSHTning toʻlaqonla aʼzosi boʻlishsa, demak Tezkor oyoqqa turuvchi kollektiv kuchlarida (KSOR) ham ishtirok etishlari kerak boʻladi", — dedi Bujinskiy.

Eslatib oʻtamiz, KXSHTning ikkinchi nomi "Toshkent shartnomasi" deyiladi (wikipedia). Tashkilotga 1992 yilning 15 mayida Toshkentda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Armaniston rahbarlari tomonidan asos solingan. 1999 yilda Oʻzbekiston ushbu tashkilot aʼzoligidan chiqqan edi, lekin 2006 yilda qaytib aʼzo boʻlgan. 2012 yilda Oʻzbekiston tashkilot doirasidagi hamkorlikni toʻxtatib qoʻygan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala