Sirdaryo viloyatidagi 56 ta maktabda 10-11-sinflar ochiladi

© Sputnik / Evgeny Epanchintsev / Mediabankka o‘tishKontrolnaya rabota v shkole
Kontrolnaya rabota v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qolgan barcha 240 ta maktab bitiruvlari bu yil o‘qishlarini kollej va litseylarda davom ettiradilar

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. 2017-2018 o‘quv yilida Sirdaryo viloyatidagi 56 ta maktabda tajriba-sinov tariqasida 10-11-sinflar ochiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
10-11-sinflar ochilgan maktablar boshqa maktab o‘quvchilarini qabul qilmaydi

Sirdaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdushokir Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan ta’lim maktablarini belgilashda markazdan uzoq hududdagi muassasalarga hamda reytingi baland bo‘lgan, o‘qitish sifati kafolatlangan maktablar, shuningdek, viloyatdagi barcha 8 ta fanlarga ixtisoslashgan maktablarda 10-sinfni ochish maqsadga muvofiq deb topildi.

56 ta maktabda 10-sinfni faqat shu maktab o‘quvchilari davom ettiradilar, shu maktab bitiruvchisi kollej yoki litseyda ham o‘qishni davom ettirishi mumkin. Boshqa maktab o‘quvchilarining 10-sinfni davom ettirishlari uchun hujjat topshirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qolgan barcha 240 ta maktab bitiruvlari bu yil o‘qishlarini kollej va litseylarda davom ettiradilar.

Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, bu tajriba-sinov o‘zini oqlasa va zarur tayyorgarlik ta’minlansa, kelgusi o‘quv yillarida 10-11-sinfli maktablar soni ko‘payadi.

Yangiliklar lentasi
0