Abituriyentlar imtihon oldidan onlayn sinov testini topshirib ko‘rishlari mumkin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishEkzamen.
Ekzamen. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Onlayn-test abituriyentning o‘tish bali aniqlanadi hamda ushbu natija bilan qaysi oliygohlarga kirishi mumkinligi haqidagi ro‘yxat chiqadi

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari arafasida ZiyoNET portali sinov testlarini taklif etmoqda.

"Abituriyent" bo‘limida respublikadagi oliy o‘quv yurtlari, shuningdek xorijiy universitetlar filiallari ro‘yxati mavjud. Shu yerning o‘zida o‘tish ballari, budjet o‘rinlari va qabul komissiyasiga qanday hujjatlar topshirilishi kerakligini bilish mumkin.

O‘zbekistonda oliy ta’lim maskaniga hujjat topshirish - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar shu paytgacha eng ko‘p hujjat topshirgan OTMlar uchligi

Portalda abituriyent o‘zini qiziqtirgan mutaxassislik bo‘yicha test topshirib ko‘rishi ham mumkin. ZiyoNET bazasida 12 mingdan ortiq test savollari joylashtirilgan.

Test natijalariga qarab abituriyentning o‘tish bali aniqlanadi va dastur ushbu natija bilan qaysi oliygohlarga kirishi mumkinligi haqidagi ro‘yxatni shakllantiradi.

Joriy o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari bakalavriatiga 66 316 talaba qabul qilinadi. Ularning 18 mingdan ko‘prog‘i grant asosida, 48 mingdan ko‘prog‘i esa to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oladi. Magistraturaga 5 ming talaba qabul qilinadi, ularning 1556 nafari davlat granti, 3444 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.

Yangiliklar lentasi
0