O‘zbekistonda Peugeot tez yordam mashinalari ishlab chiqariladi

© AP Photo / Jacques BrinonPeugeot
Peugeot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda respublika tez yordam xizmatida "Damas" avtomobillaridan foydalanilmoqda, tez orada ularning o‘rnini "O‘zavtosanoat" va Peugeot hamkorligida Jizzaxda ishlab chiqariladigan avtomobillar egallaydi

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yildan Fransiyaning Peugeot Citroen Automobiles kompaniyasi texnologiyalari asosida tez yordam avtomobillari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

GM Uzbekistan kompaniyasi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning ma’lum qilishicha, Jizzaxdagi yangi zavodda birato‘la ikki turdagi zamonaviy tez yordam mashinalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Zavod qurilishi bilan "O‘zavtosanoat" va Peugeot Citroen Automobiles S.A kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive (UzPCA) qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi. Uning ustav jamg‘armasi 29,3 million yevro bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 133,3 million yevroga teng.

Hozirda respublika tez yordam xizmatida zarur tibbiy yordam ko‘rsatishga deyarli moslashmagan "Damas" avtomobillaridan foydalanilmoqda.

Rabochie v sexe svarki kuzovov avtosborochnogo predpriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Peugeot Citroen zavodi bir yil ichida qurib bitkaziladi

"Bizda "Damas" avtomobillari tez yordam mashinasi sifatida 1996-yilda paydo bo‘lgan. Bu birinchi navbatda sobiq Ittifoqning tarqalishi bilan bog‘liq. O‘sha davrlarda tibbiy xizmatda RAF avtomobillaridan foydalanilgan, lekin keyinchalik bu zavod yopilgandi. Natijada mamlakatda bemorlarga yordam ko‘rsatish uchun ko‘p miqdordagi avtomobillarga ehtiyoj paydo bo‘ldi. "Damas" shunday avtomobilga aylandi. Bu albatta reanimobil emas, u orqali oddiy birinchi yordamni ko‘rsatish mumkin. "Damas"ning asosiy vazifasi bemorni imkon boricha tezroq tibbiyot muassasasiga yetkazish edi", — dedi Rustam Rajabov.

Uning aytishicha, yangi zavodda ikki – "A" va "V" toifasidagi tez yordam avtomobillari ishlab chiqariladi. "A" toifadagi avtomobillar ahvoli og‘ir bo‘lmagan bemorlarga tibbiy xodimlar bilan yordam ko‘rsatishga mo‘ljallanadi. "B" toifadagi avtomobillar esa shifokorlar brigadasi tomonidan operatsiya o‘tkazish, bemorni kasalxonaga yetkazish va uning ahvolini monitoring qilish imkoniyatini beradi.

Yangiliklar lentasi
0