Siyosat

Mirziyoyev Mongoliyaning yangi saylangan prezidentiga tabrik maktubini yoʻlladi

© AP Photo / AsigangMongoliyaning yangi saylangan prezidenti Xaltmaagiyn Battulga
Mongoliyaning yangi saylangan prezidenti Xaltmaagiyn Battulga - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻzbekiston va Mongoliya tomonlarni qiziqtirgan barcha yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega", - deb qayd etilgan maktubda

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xaltmaagiyn Battulgani Mongoliya prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar mahkamasi matbuot-xizmati.

Xaltmaagiyn Battulga dushanba kuni Mongoliya prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar qilgan edi ilgariroq RIA Novosti.

"Sizning saylovlardagi ishonchli gʻalabangiz Mongoliya xalqining Sizdek boy amaliy tajribaga ega va oʻz xalqi va mamlakati manfaatlariga sodiq xizmat qiluvchi mashhur va nufuzli siyosiy arbobga boʻlgan yuqori ishonchi va hurmatini tasdiqladi", — deyiladi Mirziyoyev yoʻllagan maktubda.

Oʻzbekiston Mongoliyani koʻp asrlik tarixga va oʻziga xos madaniyatga, sezilarli tabiiy, iqtisodiy va transport-kommunikatsiya salohiyatlariga ega davlat sifatida tan oladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin SHHT doirasida Xitoy, Mongoliya va Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashadi
Diplomatik munosabatlarning 25 yillik davrida Oʻzbekiston bilan Mongoliya oʻrtasida konstruktiv siyosiy muloqot, xalqaro tashkilotlar, avvalo, SHHT doirasida hamkorlik oʻrnatilgan, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

"Oʻzbekiston va Mongoliya tomonlarni qiziqtirgan barcha yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega", — deb qayd etilgan maktubda.

Mirziyoyev "birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz orqali davlatlarimiz va xalqalarimiz farovonligi yoʻlida ikki tomonlama munosabatlarimizda sifat jihatdan yangi sahifani ochamiz", — deb eʼtirof etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala