O‘zbekistonda Islom Karimov xotirasiga eng yaxshi maqola tanlovi e’lon qilindi

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaO‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rik-tanlov bir bosqichda Islom Karimovning 80-yilligi arafasida o‘tkaziladi. G‘olib maxsus diplom va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola" ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2017-yilning 31-dekabriga qadar 2016-2017 yillarda respublika hamda xorij gazeta va jurnallarida chop etilgan, internet nashrlarida berilgan materiallarni quyida ko‘rsatilgan manzilga yuborish lozim.

Ko‘rik-tanlov bir bosqichda Islom Karimovning 80-yilligi arafasida o‘tkaziladi.

Seremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralar aks etgan materiallar qabul qilinmoqda
Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:

"Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola" ko‘rik-tanlovi g‘olibi maxsus diplom va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 100barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ikkinchi o‘rinni olgan ikkita ishtirokchi diplom va eng kam ish haqining 75 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Uchinchi o‘rinni olgan uchta ishtirokchi diplom va eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Yangiliklar lentasi
0