Hodisalar

Internet foydalanuvchilari: oʻninchi Damasni pachaq qilgan tramvay dastidan "dod"

Shu kunlarda internet tarmoqlarida Samarqand shahrida yuz bergan navbatdagi tramvay va "Damas" toʻqnashuvi keng muhokama qilinmoqda. Internet foydalanuvchilarning soʻzlariga koʻra, bu taxminan oʻninchi toʻqnashuvdir

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Aprel oyining oʻrtalaridan Samarqand shahrida tramvaylar harakati ishga tushirilgan edi. Ishga tushirilganidan koʻp vaqt oʻtmay simyogʻochni urib qulatgan tramvay shu kungacha oʻninchi, ayrim foydalanuvchilarning yozishicha esa oʻn beshinchi Damasni urib, pachaq qilgan.

DTP v Samarkande s uchastiyem tramvaya
DTP v Samarkande s uchastiyem tramvaya - Sputnik Oʻzbekiston
DTP v Samarkande s uchastiyem tramvaya

Internet foydalanuvchilari bu hodisaga oʻz munosabatlarini quyidagicha bildirishmoqda:

"Tramvaydan foydadan koʻra zarar koʻproq koʻrinadi", — deb yozgan Blob Rhyda.

"Odamlarimiz juda qiziqda. Ustun, tramvay, rels, chumchuqlardan ayb izlashadi. Faqat haydovchidanmas", — degan Leyla Usmanova.

"Yoz boʻyi tramvay va Damas toʻqnashuvlariga nechanchi bor guvoh boʻlmoqdamiz. Qish kelsa unda ahvol ne kechadi", — degan yana bir foydalanuvchi.

"Samarqandga tramvay shart emasdi, shahar yoʻllari tor boʻlsa axir", — degan Islom Saidumarov.

V Samarkande zapustili tramvai - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayining yoʻlovchisi boʻldi
"Avtoshkolalarda tramvayni aylanib oʻtmaslik kerak, deb oʻrgatishadi. Damas haydovchilarining oʻzlari aybdor. Samarqandda tramvay borligidan faxrlanishimiz kerak. Axir Oʻzbekistonda yagona Samarqandda bor tramvay.

"Samarqandda tramvay paydo boʻlganidan faqat xursand boʻlish kerak, ular hisobiga shahrimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshildi" — degan Faridka Xodjayeva.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala