Toshkent Inha universiteti teletibbiyotni rivojlantiradi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishZdanie Universiteta Inxa v Tashkente
Zdanie Universiteta Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Koreyadagi Inha universiteti klinikasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkent shahridagi Inha universiteti va Koreyadagi Inha universitetining klinikasi teletibbiyot sohasida hamda tibbiyot sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilishadi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahridagi Inha universitetining rektori Sarvar Boboxo‘jayev hamda Koreyadagi Inha universitetining klinikasi prezidenti Yang Mo Kim o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolashdi.

UZINFOCOM i IUT podpisali memorandum o vzaimoponimanii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Inha universiteti va UZINFOCOM o‘zaro hamkorlik qiladi

Sarvar Boboxo‘jayev Inchxon shahriga tashrifi davomida Koreyadagi Inha universitetining klinikasi faoliyati bilan tanishdi hamda uning rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshida O‘zbekistonning idora va tashkilotlari bilan klinikaning hamkorligini rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida kelishib olishdi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Koreya Respublikasidagi Inha universitetining Klinikasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Tomonlar shuningdek, tibbiyotda AKT va teletibbiyot masalalari bo‘yicha akademik konferensiyalar va simpoziumlar tashkillashtirishda ham hamkorlik qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0