YuNESKO o‘zbekistonlik yosh olimlar uchun tanlov e’lon qildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishYuNESKO tomonidan o‘tkazilgan butunjahon anjuman
YuNESKO tomonidan o‘tkazilgan butunjahon anjuman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlovda 35 yoshdan oshmagan olimlar ishtirok etishlari mumkin

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. YuNESKO "Inson va biosfera" dasturi bo‘yicha 2018-yilga yosh olimlar uchun xalqaro mukofotni e’lon qilmoqda.

Rauf Salaxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev jahonning eng yosh olimlaridan biriga Toshkent markazidan uy sovg‘a qildi
Tanlov maqsadi: bioxilmaxillik, ekologiya, suv zahiralari va noyob turdagi o‘simlik hamda jonivorlar turlarini asrab qolish maqsadida rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda tadqiqotlar olib borayotgan yosh olimlarni qo‘llab quvvatlashdan iborat.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

Yosh olimning yoshi 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim;

Loyiha budjeti 5000 $dan oshmasligi kerak;

Loyiha 2-yil davomida amalga oshirilishi darkor.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar 2017-yilning 15-dekabr sanasiga qadar ariza yuborishlari kerak bo‘ladi.

Ariza shakli va ma’lumotnomani YuNESKOning O‘zbekistondagi milliy qo‘mitasidan olish mumkin (tel.: +99871 232-18-11 Atabekov I.U.  ish kunlari soat 15.00dan keyin)

Yangiliklar lentasi
0