Shuhrat Qayumov: oilalarimiz buzilishiga sabab erkaklarimiz erligini yo‘qotganligi

© SputnikProsmotr teleperedachi, na kotoroy vistupayet Shuxrat Kayumov
Prosmotr teleperedachi, na kotoroy vistupayet Shuxrat Kayumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda to‘ylarda hasham va dabdabani cheklashga qaratilgan qonun loyihasi tayyorlanmoqda

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va suxandon Shuhrat Qayumov 6-avgust kuni O‘zbekiston telekanali orqali namoyish qilingan "Munosabat" ko‘rsatuvida oilalar buzilishi haqida o‘z takliflarini bildirdi.

Molodojeni delayut foto na fone pamatnika v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Hashamatli to‘y qilish qonuniy ta’qiqlanadi

"Kuni kecha majlisda o‘tirib, ko‘zim yoshini to‘xtata olganim yo‘q. Sababi — muhtaram prezidentimiz huddi ichimizda yurgandek, oddiy odamlar singari hamma kamchiliklarimizni ro‘yi rost aytib berdilar. Biladilar, hamma yashirgan sirlarni ham bilar ekanlar. "Qayerdan biladilar? Kim bu axborotlarni yetkazapti?" — deb xayron bo‘ldim. Xuddi o‘zlari bizning oramizda yurganlaridek.

Hozir qiziq voqea bo‘ldi, ko‘rsatuvga kelyapman. Endi chiqib ketayotsam, sovchilar kelib qolishdi uyimga. Sovchilar bilan bir oz suhbatlashib qoldim. Birinchi kuyov bilan birga kelilar deyman.
Kuyovdan so‘rayman. Xo‘p kuyov bo‘luvchi, menga ayting nikoh nima?, xotin kim? Javob yo‘q.

Qaynona qarib qolganman, bitta xizmatchi kerak, osh qilishga odam kerak deb, xizmatchi chaqiradi. Birinchi kelin qilishda, to‘y qilishda xatomiz mana shundan boshlanadi. Biz uyga yordamchi, xizmatkor olishdan boshlaymiz to‘yni.

Keyin yana bir narsa, borgan sari haqiqatda haddimizdan oshib ketmoqdamiz. Yaqinda bir to‘yda bo‘ldim. To‘yda ko‘pchilik xabari bo‘lmasa kerak, lekin guvohlarim bor, bo‘lgan to‘y. Kuyov tomon, kelin tomon kelgan ayollarga bittadan tilla uzuk tarqatdi. Patnisda olib yurib uzuk tarqatishdi. Agar bu ham urfga kirsa, yana bir balo bo‘ladi.

To‘y korteji - Sputnik O‘zbekiston
Endi to‘ylarda dabdabaga yo‘l qo‘yilmaydi - Prezident qarori

To‘ylarda ko‘cha-ko‘yda, o‘zimiz ko‘rib qolamiz, qator avtomobillar yo‘l bermasdan, videooperator oynadan osilib, suratga olib ketapti. U yiqilib tushsa, yonidagi bosib ketsa, nima bo‘ladi? Bunaqa holatlar juda ko‘p bo‘lyapti.

Meni taklifim bor. To‘y qilayotgan odam mahalla qo‘mitasidan nafaqat maslahat olishi kerak, balki ularni tavsiyalariga amal qilish kerak. Qat’iy amal qilish kerak. Qaror bilan mana shu to‘y chegaradan o‘tsa, to‘y bo‘lmaydi degan vakolatni berish kerak. Bo‘lmasa bo‘lmaydi. Misol uchun yaqinda yana bir tanishimiz qaytib keldi. Sababi — qaynonasi onang aytganini qilmadi. Sen olib kelgan pardangni dizayni uyimni dizayniga to‘g‘ri kelmadi deb haydadi. Parda qimmat, qizning otasi yo‘q. Onasi bitta o‘zi chet elga borib kelib, shu pardani 5,5 ming dollarga qilgan ekan. Uning dizayni yoqmabdi, parda uyning dizayniga to‘g‘ri kelmabdi.

Bugun oilalarimiz buzilishiga sabab erkaklarimiz erligini yo‘qotganidadir. Erligini bilmaydi", — dedi Shuhrat Qayumov.

Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir Abdulla Aripovga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda oilaviy marosimlarni tartibga solish, ularni ixcham, isrofgarchilik va dabdabaga yo‘l qo‘ymasdan o‘tkazish bo‘yicha bir oy muddatda Prezident qarori loyihasini tayyorlash vazifasi topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni ziyolilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0