Prezident Matbuot va axborot agentligi faoliyatiga oid farmonni imzoladi

© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaachilik, axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi etib belgilandi

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda uzbekistan24.uz.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik deb yuritiladi) ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaachilik, axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.

Zarubejnaya pressa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga yangi bosh direktor tayinlandi

Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir qonunchilik ijrosini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatida qonun hujjatlari, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi, so‘z va axborot erkinligi kafolatlariga rioya etilishi borasida monitoring va nazoratni amalga oshirish Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Agentlik shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot sohasidagi xuruj va tahdidlarning oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshirishda ishtirok etadi.

Xorijda o‘zbek tili va adabiyotini keng targ‘ib qilish, nashriyotlarga kitob mahsulotlarining xalqaro kitob bozorida o‘z mavqeyi va salmog‘iga ega bo‘lishida ko‘maklashish, mamlakat fuqarolari va yuridik shaxslarining axborotlarni tayyorlash, tarqatish, ulardan foydalanish sohasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur tadbirlar ishlab chiqish ham Agentlikning asosiy vazifalariga kiradi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi muassisligidagi "Tong yulduzi" va "Klass!" gazetalari hamda "Gulxan" va "G‘uncha" jurnallarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga to‘liq o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0