Turizm

Xorijlik turistlar uchun Uzbekistan Pass kartalari chiqariladi

Plastik karta butun mamlakat boʻylab amal qiladi va xorijlik mehmonlarga tovar va xizmatlar uchun chegirmalar bilan pul toʻlash imkonini beradi

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda xorijlik turistlar uchun Uzbekistan Pass kartasi joriy etiladi. Bu Oʻzbekiston prezidentining "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorida koʻzda tutilgan.

Turizm
Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi

Qarorda eʼtirof etilishicha, Oʻzbekistonda turistlarni rahbatlantirish boʻyicha jahon tajribasiga asoslangan dasturning qoʻllanilishi mamlakatning turistlarni jalb etish imkoniyatini yaxshilaydi, xorijiy valyuta tushumini oshiradi.

Plastik karta butun mamlakat boʻylab amal qiladi va xorijlik mehmonlarga tovar va xizmatlar uchun chegirmalar bilan pul toʻlash imkonini beradi. Bundan tashqari, karta orqali madaniyat obʼyektlariga tashrif buyurish chogʻida chegirmaga ega boʻlish mumkin.

Uzbekistan Pass kartasini aeroportlar va mehmonxonalarda sotib olish mumkin boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala