Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti va qozoq delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlar, respublikaning energetik salohiyati bilan tanishishdi

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Qozog‘iston rahbari xalqaro "EKSPO — 2017" ko‘rgazmasining o‘zbek pavilonini ko‘zdan kechirish chog‘ida O‘zbekistonga tashrif buyuurish rejasi borligini ma’lum qildi. Bu haqda uznews.uz xabar qilmoqda.

O‘zbekiston mahsulotlari Ostonadagi EKSPO - 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda

Qozog‘iston prezidenti va qozoq delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlar, respublikaning energetik salohiyati bilan tanishishdi.

Quyosh paneli bilan jihozlangan elektromobil konseptual modeli hamda quyosh paneli, maxsus turbinali parraklar yordamida quyosh va shamol energiyasi orqali ishlaydigan eko-zavod maketi Nursulton Nazarboyevda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qozog‘iston prezidenti mazkur ishlanmalar istiqbolli g‘oyalar ekanligini qayd etdi.

Qozog‘iston prezidenti ko‘rgazma bo‘ylab o‘tkazilgan ekskursiya uchun minnatdorlik bildirar ekan, yaqin orada O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0