Vazirlik maktab darsliklari uchun yillik ijara narxlarini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi 2017/2018 o‘quv yilida ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdorini ma’lum qildi

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati 2017/2018 o‘quv yilida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash ijara tizimiga kiritilgan ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdorini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2-, 3-,4-sinf o‘quvchilari uchun 10ta darslikdan iborat bir to‘plami uchun yillik ijara narxi mos ravishda 8500, 9800 va 11400 so‘m etib belgilangan.

Shkolnie budni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarida bir necha smenali o‘qish joriy etiladi

5-sinflarning 12ta darslikdan iborat bir to‘plami uchun yillik ijara narxi 7 400 va 6-sinflarning 13 darslikdan iborat bir to‘plami uchun yillik ijara narxi 11 ming so‘mga teng.

7-, 8-, 9-sinflarning 10ta darslikdan iborat bir to‘plami uchun yillik ijara narxi mos ravishda 13 700, 8 900, 9 400 so‘m etib belgilangan.

Shuningdek, ayrim fanlarni chuqur o‘rganadigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari uchun ham darsliklar ijara to‘lov miqdori ko‘rsatilgan.

Unga muvofiq, 5-sinflar uchun 12ta darslikdan iborat bir to‘plami uchun yillik ijara narxi 9 600 so‘m, 6-sinflar uchun esa 13ta darslikdan iborat bir to‘plami uchun yillik ijara narxi 15 ming so‘m etib belgilangan.

7-, 8-, 9-sinflarning 16ta darslikdan iborat bir to‘plami uchun yillik ijara narxi mos ravishda 18 900, 13 900, 11 900 so‘mni tashkil etadi.

Semeynaya poliklinika №47 Shayxantaurskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston
Maktab va shifoxonalar moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi

O‘zbekistonda 2001-yildan boshlab ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida umumta’lim maktablari darsliklariga ijara tizimi joriy qilingan.

"Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 43-bandiga asosan darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlari umumta’lim maktabining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishi mumkin.

Nizomning 51-bandiga asosan darsliklardan foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘laydi:

• birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning bir baravari miqdorida;

Shkola, v kotoroy uchilsya Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi turdagi maktablar ishga tushiriladi

• 2-4-sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning ikki baravari miqdorida;

• 5-9-sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.

Birinchi sinf o‘quvchilari, "Mehribonlik" uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi. Bunda darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi o‘quvchilarning ro‘yxati 1-sentabrgacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan umumta’lim maktabining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0