TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Bir ozdan soʻng boks boʻyicha Gamburgda boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida chorak final janglari boʻlib oʻtadi.
Ahamiyatlisi, oʻzbekistonlik 9 nafar bokschi chorak finalga chiqqan. Bu jahon chempionatida ishtirok etayotgan mamlakatlar oʻrtasidagi eng yaxshi koʻrsatkichdir.
Oʻzbekistondan keyingi pogʻonalarni Kuba (8 nafar bokschi) va Qozogʻiston (7 nafar bokschi) egallab turibdi.
Chorak finalda oʻzbekistonlik sportchilar ishtirokidagi quyidagi janglar boʻlib oʻtadi:
Hasanboy Doʻsmatov — Amit (Hindiston) (49 kg)
Jasurbek Latipov — Seiber Segura (Kolumbiya) (52 kg)
Elnur Abduraimov — Otar Yeranosyan (Gruziya) (60 kg)
Iqboljon Xoldorov — Artyom Xarutyanyan (Germaniya) (64 kg)
Shahram Gʻiyosov — Pat MakKormak (Angliya) (69 kg)
Isroil Madrimov — Troy Isli (AQSH) (75 kg)
Bektemir Meliqoʻziyev — Yerik Aljanov (Qozogʻiston) (81 kg)
Sanjar Tursunov — Roy Korving (Gollandiya) (91 kg)
Bahodir Jalolov — Kamishbek Konkabayev (Qozogʻiston) (+91 kg).