Jamiyat

Uyali aloqa va internet xizmatlari narxi oshmaydi

© Sputnik / Natalia Seliverstova/collage / Fotobankka oʻtishSayt Ebay na ekrane telefona
Sayt Ebay na ekrane telefona - Sputnik Oʻzbekiston
Erta, 5 sentyabrdan xorijiy valyutaning davlat kursi oshsa ham, uyali aloqa va internet xizmatlarining milliy valyutada belgilangan qiymati oshmaydi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda xorijiy valyutaning davlat kursi oshishiga qaramasdan, uyali aloqa va internet xizmatlari narxi oʻzgarmaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Axborot  texnologiyalari vazirligidagi manbaa.

Punkt obmena valyut - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan erkin konvertatsiya boshlanadi

Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi konvertatsiya ochilishi munosabati bilan aloqa operatorlari va internet provayderlarga maxsus yoʻriqnoma yubordi.

Unda aytilishiga koʻra, 5 sentyabrdan boshlab barcha xizmatlar narxi milliy valyutada belgilangan boʻlishi kerak.

Ikkinchidan, AQSH dollarida yoki sh.b. da koʻrsatilgan narxlar hisob-kitob qilinganda,  ularning milliy valyutadagi qiymati, Oʻzbekiston Markaziy bankining 2017 yil 4 sentyabridagi kursi boʻyicha hisoblangan narxlardan oshmasligi kerak.

Yuqoridagi talablar, prezidentning 3082 va 5177 sonli qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala