Yangiyo‘lda to‘rtta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 6 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSkoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NEXIA avtomashinasi haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Natijada yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, yana ikkita NEXIA avtomashinalari bilan to‘qnashgan

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Toshkent viloyatida uchta NEXIA va MAN avtomashinalari to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Toshkent viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Motosikl ishtirokidagi mudhish YTH - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda motosikl ishtirokida fojeali YTH sodir bo‘ldi

Prokuraturaning ma’lumot berishicha, 6-sentabr kuni Toshkent — Termiz avtomobil yo‘lining 832 km.da NEXIA avtomashinasi haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Natijada yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, yana ikkita NEXIA avtomashinalari bilan to‘qnashgan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0