Jamiyat

Mikrokredit olish uchun garov talab qilinmaydi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Mikrokreditbank" oilaviy tadbirkorlik, ayollar faoliyati, uy mehnati, hunarmandchilik va shaxsiy xoʻjalikni rivojlantirish uchun kerditlar berishni boshlaydi.

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. "Mikrokreditbank" aktsiyadorlik-tijorat banki, kollektiv kafillik asosida, garovga qoʻyish talab qilmaydgan kreditlar berishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.

"Mikrokreditbank" aktsiyadorlik-tijorat banki, garov talab qilmaydigan tartibda 3-5 kishilik kollektiv kafillik guruhlari tashkil qilgan holda kredit berish  tartibini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Kelishuv - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kichik tadbirkorlarga bankdan kredit olish osonlashdi

Bunday guruhlarning har bir aʼzosi bir yil muddatgacha eng kam ish haqqining 15 baravari miqdorida qarz olishi mumkin.

Garov talab qilmaydigan kreditlar berish tartibini Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Ayollar qoʻmitasi nazorat qiladi.

Moliya muassasalari oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, uy mehnati, hunarmandchilik va xususiy xoʻjalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun kreditlar berishni rejalashtirgan.

Boshlovchi tadbirkorlar uchun mikromoliyaviy xizmatlar xizmatlar koʻrsatish tizimini rivojlantirish davlat dasturiga koʻra, 2017-2020 yillarda "Mikrokreditbank" tomonidan yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlar uchun 7,5 mln soʻmgacha, yuridik shaxs boʻlganlar uchun esa 15 mln soʻmgacha kreditlar berish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0