Jamiyat

Qoniqarsiz faoliyati bois ikki deputatning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi

Faoliyati qoniqarsiz boʻlgan boshqa deputatlarning ham masalasi koʻrib chiqilyapti

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman Kengashi deputatlari Mashrabboy Abduvahobov va Abdusalom Mirrahimovning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi, deb xabar berdi uz24.uz "XXI asr" gazetasiga asoslanib.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev deputatlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni buyurdi

OʻzLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Abdusattorovning soʻzlariga koʻra, ularni deputatlikdan muddatidan avval chaqirib olish haqida Xalq deputatlari tuman Kengashiga yozma ravishda murojaat qilingan. Bunga ikki deputatning zimmasidagi burch va masʼuliyatga sovuqqonlik bilan qaragani sabab qilib keltirilgan.

"Faoliyati qoniqarsiz boʻlgan boshqa deputatlarimizning ham masalasi koʻrib chiqilyapti", — degan F.Abdusattorov.

OʻzLiDePdan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga 19 nafar, tuman va shahar kengashlariga esa 107 nafar deputat saylangan.

Masʼullarning maʼlum qilishicha, viloyat Kengashidagi deputatlardan 2 nafari, tuman va shahar kengashlaridagi partiya vakillaridan 11 nafari partiya bilan aloqani butkul uzib qoʻygan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala