Jamiyat

Toshkentda 9 oy mobaynida 1600dan ortiq kishi daydi itlardan jabrlangan

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishChastnыy priyut dlya bezdomnыx sobak
Chastnыy priyut dlya bezdomnыx sobak - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxtda oʻtgan 9 oy mobaynida daydi va uy hayvonlaridan 3527 nafar fuqaro aziyat chekib, 1633 nafari aynan daydi itlardan jabrlangan

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Poytaxtda joriy yilning 9 oyi mobaynida daydi va uy hayvonlaridan 3527 nafar fuqaro aziyat chekkan. Bu haqda bugun Toshkent shahar hokimligida boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.

Shoqol - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Chiyaboʻrilar endi Toshkentga hujumga oʻtgan

Maʼlumot berilishicha, Toshkentda daydi va uy hayvonlaridan jabrlanganlar soni yildan-yilga oshib ketishi kuzatilmoqda. Joriy yilning 9 oyi mobaynida daydi va uy hayvonlaridan 3527 nafar fuqaro aziyat chekib, 1633 nafari aynan daydi itlardan jabrlangan. Bu kabi salbiy holatga barham berilmasa, aholi oʻrtasida quturish kasalligi keskin koʻpayib ketishiga sabab boʻlishi mumkin.

Toshkent shahri va tuman obodonlashtirish boshqarmalarida tashkil etilgan qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari ish faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida hamda Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining murojaatini inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimining "Toshkent shahrida epizootik va epidemik barqarorlikni taʼminlash borasida kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni amalga oshirish toʻgʻrisida"gi qarorni poytaxtimiz aholisi va keng jamoatchilikka yetkazish taʼkidlab oʻtildi.

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga qarashli markaziy avariya dispetcherlik xizmatining "Daydi hayvonlarni tutish otryadi" yetarli darajada texnika va kerakli anjomlar bilan taʼminlanib, yoqilgʻi-moy mahsulotlari uzluksiz ajratilib turilishi, ishlab chiqilgan reja asosida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish maqsadida kechayu kunduz reydlar oʻtkazib borish tavsiya etildi.

Chiyaboʻri - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Chiyaboʻrilar Fargʻonadagi xonadonlarga hujum qilmoqda

Shuningdek, koʻchalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil etish va alohida vaqtincha saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarda saqlash taʼkidlandi.

Jumladan, aholi punktlarida it va mushuklarni saqlash qoidalariga rioya qilish yuzasidan nazoratni kuchaytirish lozimligi hamda ushbu qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha chora-tadbirlar tashkil qilinishi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, davlat veterinariya boʻlimlarining taqdimnomasi boʻyicha qarovsiz va egasiz qolgan kasal hayvonlarni quturish joylarida, quturish kasalligi koʻp uchrashi xavfi boʻlgan epizootik hududlarda otib tashlashni tashkil etish hamda bu xavfning oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar eʼtiborga olindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader