O‘zbekistonning ikki viloyatiga yangi prokurorlar tayinlandi

© Nuz.uzSegodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik
Segodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kadrlar almashinuvi Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida ro‘y bergan

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Ikkita viloyatga yangi prokurorlar tayinlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev militsiya faoliyati ustidan prokuror nazoratini o‘rnatdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining joriy yil 3-oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq, adliya katta maslahatchisi Sadriddin Abdullayevich Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.

Shuningdek, adliya katta maslahatchisi Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan Xorazm viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0