Jamiyat

Oʻzbek xalqi butun dunyoga oʻrnak boʻlishi mumkin - mitropolit Vikentiy

© Mejdunarodnыy press-klubMitropolit Vikentiy – Mitropolit russkoy pravoslavnoy tserkvi Tashkentskoy yeparxii
Mitropolit Vikentiy – Mitropolit russkoy pravoslavnoy tserkvi Tashkentskoy yeparxii - Sputnik Oʻzbekiston
Patriarx minglab odamlar orasida boʻldi, xalqining bagʻrikengligini oʻz koʻzi bilan koʻrdi, uning mehri va muhabbatini oʻz tanasi bilan his qildi - dedi Vikentiy.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Toshkent va Oʻzbekiston mitropoliti Vikentiy, Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda, oʻtgan haftada Rossiya va butun Rus Patriarxi Kirillning Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi haqidagi taasurotlari bilan boʻlishdi.

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i patriarxa Kirilla - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirillni qabul qildi

Patriarx Kirill Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida boʻldi.  Patriarx u yerdagi ajoyib yodgorliklar va ziyoratgohlar bilan tanishdi – deb soʻzini boshladi Vikentiy.  

Patriarx Kirill Islom dini haqiqatdan ham ezgulik, insonparvarlik va koʻngli tozalik dini ekaniga shaxsan amin boʻldi. 

Biz kabinetlardan turib, Oʻzbekistonda hamma narsi yaxshi, barcha millat va din vakillari tinch-totuv yashamoqda, — deb koʻp marotaba aytishimiz  mumkin, lekin Patriarx minglab odamlar orasida boʻldi, xalqining bagʻrikengligini oʻz koʻzi bilan koʻrdi, uning mehri va muhabbatini oʻz tanasi bilan his qildi. Biz odatda buni mehmondoʻstlik, bagʻrikenglik deymiz, lekin  Patriarx Kirill — bundan ham yuqori baho berdi.

“Oʻzbek xalqi shunchalik sofdil va koʻngli keng va insonparvarki — u Oʻzbekistonda yashaydigan barcha millatlarni oʻz mehri bilan ushlab turishga qodir, — dedi butun Rus Patriarxi.

Shuningdek u kishi bizning Toshkentdagi diniy markazimizda boʻlib, cherkovimizni, binolarimizni, seminariyamizni tomosha qildi va ularning hammasiga qarab turib – “Sizlarga yana nima kerak oʻzi!?”, — dedi. 

Vizit patriarxa Kirilla v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Patriarx Kirillga Samarqandda maxsus vino sovgʻa qilishdi
Amerikadan, dunyoning barcha mamlakatlaridan siyosatchilarni taklif qilib mana shularni koʻrsatinglar. Islom davlati ichida mana shunday gullab-yashnayotgan Pravoslav markaz mavjudligini koʻrsin. Aytinglar, bunday bagʻrikenglik yana qayerda bor? Dunyoning hech qaysi burchagidan topa olmaysiz. Mana sizga haqiqiy insonparvarlik va bagʻrikenglik.

Shundan soʻng Patriarx yana bir qiziq gap aytdi. “Agar kimda-kim Oʻzbekistondan ketsa ham u Rossiyada eng yaxshi odamga aylanadi, chunki u Oʻzbekistonda  sofdillik va insoniylik muhitida tarbiyalangan. Bu Oʻzbekistonning yana bir muhim xususiyatidir. Bugun mana shunday kadrlar dunyoning har bir burchagida kerak”, — dedi  butun Rus Patriarxi.  

“Kelinglar birgalashib dunyoda tinchlikni saqlab qolaylik. Kelinglar butun dunyo uchun tinchlik va hamjihatlik ramzi boʻlaylik. Kelinglar, butun dunyo, biz Oʻzbekistonda qanday doʻstona va mehr-muhabbat muhitida, urush-janjalsiz, jaholatsiz yashayotganimizni koʻrib, bizdan oʻrnak olsin”, — deb soʻzini yakunladi Toshkent mitropoliti Vikentiy.

Mitropolit Vikentiy: Uzbekistan — primer tolerantnosti dlya vsego mira

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala