Jamiyat

AQShdagi oʻzbek tadbirkori: 20 yil ichida bu yerda birinchi oʻzbek milliarderini koʻramiz

© Facebook / Bobir AkilxanovUzbekskiy predprinimatel Bobir Akilxanov
Uzbekskiy predprinimatel Bobir Akilxanov - Sputnik Oʻzbekiston
AQShda yashab mehnat qiladigan oʻzbek tadbirkori Bobir Oqilxonov Sputnik muxbiri bilan suhbatda prezident bilan uchrashuv, bu yerdagi oʻzbeklar hayoti haqida gapirib berdi

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Bobir Oqilxonov 2016 yil mayidan beri AQShda yashaydi, bungacha esa oʻn yil Avstraliyada va olti yil Rossiyada yashagan.

U faoliyatini Avstraliyada boshlagan – ijtimoiy tarmoq yaratgan, soʻngra bir nechta loyihalar bilan shugʻullangan, u haqida oʻsha paytda mahalliy matbuotda ham yozishgan.

"Men IT-tadbirkorman, hozirda IT-konsalting bilan shugʻullanman. Mening ishlab chiqaruvchilardan iborat oʻz jamoam bor. Qayerdadir hamkorlikda ishlayman, yana qayerdadir pudratchi sifatida loyihalar ishlab chiqaman. Shuningdek, blokcheyn va kelajak ozuqasi, yaʼni genetik modifikatsiyalashgan mahsulotlarga qiziqaman", — deydi Oqilxonov.

Albatta, u birdaniga muvaffaqiyatga erishmagan: ayrim loyihalar omadsiz chiqqan, lekin tadbirkor omadsizlik ham biznesning bir boʻlagi deb hisoblaydi.

"Amerikada menga qiyin boʻlmadi, chunki ungacha Avstraliyada yashagandim. Turmush oʻrtogʻim va farzandlarim uchun til masalasi qiyin boʻlgan, men uchun esa ingliz tili ikkinchi ona tilimday gap. Bu yerga kelgan vaqtimda men allaqachon oʻz mijozlarimga ega edim, shunchaki aloqalarni va biznesimni yanada kengaytirish qolgandi xolos", — deydi Bobir.

Uning aytishicha, aynan til masalasi AQShga kelgan oʻzbekistonliklar uchun asosiy muammo boʻladi. Shuningdek, uy-joy ijarasi qimmat boʻlib, buning ustiga migrantlarda umuman mavjud boʻlmagan kredit tarixiga bogʻlangan. Shunga qaramasdan, AQShda koʻplab oʻzbekistonliklar yashaydi. Oqilxonov taksichilar, tadbirkorlar, shifokorlar, yurist va bankirlar orasida oʻzbekistonliklarni koʻplab uchratish mumkinligini aytdi. Nyu-Yorkda oʻzbek milliy doʻkonlari va restoranlarini koʻrish yoki Manxettendagi sartaroshxonaga kirib oʻzbek sartaroshini uchratish ham mumkin, hattoki oʻzbeklar istiqomat qiladigan butun boshli tumanlar ham bor.

"Menimcha, yaqin 10-15 yil ichida bu yerda oʻzbekistonliklar soni yanada koʻpayadi. Hozir bu yerda yashayotganlarning farzandlari katta boʻlishadi, oʻqishadi, ishga kirishadi. Koʻpi bilan 20 yildan keyin AQShda oʻzbekistonliklardan chiqqan birinchi milliarderni koʻrsak kerak", — deydi u.

Oqilxonovning aytishicha, vatandoshlar bir-birlarini qoʻllab-quvvatlashadi, AQShdagi barcha turkiy tillarda soʻzlashuvchilarni birlashtiruvchi assotsiatsiya faoliyat koʻrsatadi, oʻzbek biznes-klublari bor. Festivallar, kontsertlar, turli tadbirlar uyushtiriladi. Oʻzbekistonliklar anʼanalarga sodiq qolgan holda norasmiy uchrashuvlar oʻtkazishadi — "gap yeyishadi".

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev bizni olib ketgani kelgan ekan - AQShda yashayotgan Nodir Zokirov hikoyasi

Shu yilning sentyabrida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrifi chogʻida Nyu-Yorkda vatandoshlar bilan uchrashdi. Oʻzbekiston rahbari sharafiga uyushtirilgan kechki ziyofatda Oqilxonov ham ishtirok etdi.

"Taassurotlarim juda yaxshi, koʻplab ijobiy oʻzgarishlar boʻlayotgani bilindi. Mamlakatimiz rahbarlari barcha bilan ochiq va samimiy muloqotda boʻlishdi", — dedi u.

Oʻsha uchrashuvda Mirziyoyev xorijda yashayotgan barcha vatandoshlarni Oʻzbekistonga qaytishga chaqirdi va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Bobir Oqilxonovning soʻzlariga koʻra, u hozirda Amerikadagi loyihalarini yanada rivojlantirishni koʻzlab turibdi, kelajakda esa tugʻilib-oʻsgan yurti Oʻzbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirgan.

Dilshodbek Asqarov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala