Jamiyat

Mirziyoyev uylar qurilishida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlarga hayfsan eʼlon qildi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida asosan uch xil kamchiliklar aniqlandi: shahar qurilish qoidalarining buzilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarish, qurilish loyihalaridan chetga chiqish.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda arzon va qulay boʻlgan koʻp qavatli uy-joylarni qurilishida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Rabota Kombinata stroitelnыx materialov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkent viloyatida qurilish materiallar sanoatiga 1 milliard dollar ajratiladi

Oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida asosan uch xil kamchiliklar aniqlandi: shahar qurilish qoidalarining buzilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarish, qurilish loyihalaridan chetga chiqish.

Bundan tashqari, tashqi injenerlik kommunikatsion tarmoqlarni qurilishi hamda Nukus, Andijon, Buxoro, Termez, Samarqand, Guliston, Olmaliq, Chirchiq, Bekobod shaharlarda infratuzilma va hududlarni obodonlashtirish ishlarining bajarish muddatlari choʻzilmoqda. Shuningdek, 41 ta (Toshkentda — 24 ta, Nukusda — 7 ta, Buxoro 6 ta, Urganchda — 4 ta) koʻp qavatli uy-joy qurilish rejalaridan ortda qolish holatlari mavjud.

Barcha aniqlangan kamchiliklar boʻyicha 761 ta taqdimnomalar (buyurtmachiga — 205 ta, pudratchi tashkilotlarga — 399 ta, loyihachi tashkilotlarga — 157 ta) asosida 34 ta obʼyektalar boʻyicha qilingan ishlar hajmidan 1 milliard soʻm ushlab qolingan.

Oʻzbekiston prezidenti yuzaga kelgan vaziyat uchun bir qancha yuqori darajadagi amaldorlarga intizomiy jazo choralarini koʻrdi.

Vstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Indii N. Mod - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Alisher Usmonov Buxoroda zamonaviy sayyohlik majmuasini barpo etadi
Jumladan, Mirziyoyev tomonidan koʻp qavatli uy-joy qurilish dasturlar ijrosini yetarli darajada nazoratni tashkil etmaganligi natijasida qurilish rejalardan ortda qolish holatlari yuzaga kelganligi uchun Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi Kahramon Sariyevga, Buxoro hokimi Uktam Barnoyevga, Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirovga, Toshkent shahar hokimi Raxmonbek Usmonovga alohida koʻrsatib oʻtildi.

Shuningdek, injiniring kompaniyasiga yuklatilgan buyurtmachi vazifalarini yetarli darajada amalga oshirilmaganligi, qurilish ishlari yuzasidan texnik nazorat qilinmaligi tufayli ayrim bosh pudratchi tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlar choʻzilgan va qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun "Oʻzshahar qurilish invest" korxona direktori Narzullayevga hayfsan eʼlon qilindi.

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, loyiha institutlari rahbarlari ham chetda qolmadi. Ular davlat rahbaridan qattiq tanbeh olishdi. Ular tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining asosiy parametrlarining sifatli ishlab chiqilmagan hamda qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarilishi va qoidalarga toʻliq amal qilinishini ustidan yetarli darajada nazorat qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala