Jamiyat

Oʻzbekistonga Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda keladi

© Sputnik / Sergey SubbotinKoxir Rasulzoda, arxivnoye foto
Koxir Rasulzoda, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Rasulzoda rasmiy tashrifi chogʻida Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va respublika bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar oʻtkazadi

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda noyabr oyi boshida Oʻzbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: oʻzbek-tojik munosabatlari yanada kengayishiga ishonchim komil

Qohir Rasulzoda qator ikki tomonlama uchrashuvlar, xususan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va respublika bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar oʻtkazishi moʻljallangan.

Tashrif kelasi oyning birinchi kunlariga moʻljallangan hamda Toshkentda boʻlib oʻtadigan MDH hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirok etish rejalashtirilgan. Hukumat rahbarlari uchrashuvi 3 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Yigʻilish kun tartibiga MDH mamlakatlari oʻrtasida iqtisodiyot sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala