Farg‘ona vodiysida elektrichkalar qatnovi soni oshiriladi

© railway.uzProvodnik v elektrichke
Provodnik v elektrichke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning avgustidan Qo‘qon - Andijon yo‘nalishi bo‘yicha elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston temir yo‘lchilari Farg‘ona vodiysidagi elektrichkalar qatnovi sonini oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Shu yilning 8-avgustidan boshlab Qo‘qon — Andijon yo‘nalishi bo‘yicha elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ertalab soat 6:22 da Qo‘qon vokzalidan jo‘nagan poyezd 9:12 da Andijon vokzaliga yetib boradi.

Yo‘l davomida Qaqir, Furqat, Mehnatobod, Oltiariq, Marg‘ilon, Oxunboboyev, Akbarobod, Quva, Qoratepa va Asaka stansiyalarida to‘xtab o‘tadi. Elektrichka soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlanadi.

Elektrichka - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon orasida elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Umumiy yo‘lga ketadigan vaqt 2 soat 50 daqiqani tashkil etadi, ya’ni yengil avtomobilga nisbatan 40 daqiqa tezroq manzilga yetib bormoqda.

Poyezd Andijondan soat 16:40 da ortga qaytib, 19:24 da Qo‘qon vokzaliga yetib boradi.

Ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan poyezd 6 ta vagondan iborat bo‘lib, bir yo‘nalishda 350 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. Vagonlar yumshoq o‘rindiqlar, zamonaviy televizor va havo haroratini mo‘’tadil saqlovchi sovutgichlar bilan jihozlangan.

"Bugungacha 12 ming nafarga yakin yo‘lovchi ushbu transport xizmatidan foydalandi. Hozirda yo‘lovchi oqimining kun sayin ortib borayotgani inobatga olinib, ana shunday zamonaviy elektrichkalar qatnovini kuniga ikki marotaba tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda", — deb xabar qildi "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0