O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya diplomati bilan muzokara o‘tkazdi

© MO RFFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ishtirok etgan "ShHT-Afg‘oniston" muloqot guruhi yig‘ilishining natijalari yuzasidan fikr almashdi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya elchixonasining maslahatchi-vakili Vadim Mitrofanovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHT: Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi terrorchi jangarilar hujum qilishga tayyor

Tomonlar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ishtirok etgan "ShHT-Afg‘oniston" muloqot guruhi yig‘ilishining natijalari yuzasidan fikr almashdi. Yig‘ilish 11-oktabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgandi.

O‘tgan haftada Toshkentda ShHT Oliy sud raislari majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori o‘rinbosari Axat Mukashev jahon va xalqaro xavfsizlikka tahdid hali-hamon Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi terrorchilik tashkilotlari tomonidan mavjud bo‘lib turganligini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0