Turizm

Italiyalik jurnalistlar Oʻzbekistonga kelishdi

Italiyalik bir guruh jurnalistlar respublika haqida maqolalarni chop etishmoqda. Birinchi material Oʻzbekiston bozorlari va milliy taomlari haqida boʻladi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. "Italiya sayyohlik matbuot guruhi" (GIST) delegatsiya aʼzolari Oʻzbekistonga tashrif buyurishdi. "Jahon" axborot agentligi xabariga asosan.

Turistы vo vremya ekskursii - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonda ziyorat turizmi boʻyicha assotsiatsiya tashkil etiladi

Ushbu tashrif Italiyadagi Oʻzbekiston elchixonasi va "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK va Italiyaning GSAIR koʻmagida tashkillashtirildi. 

Italiyalik jurnalistlar dunyoda mashhur boʻlgan Il Giornale di Vicenza, Il Mattino, Brescia Oggi, Donna Moderna, Italia a Tavola, Qualitytravel, Il Giorno, Viaggi Vacanze, Veneziepost, l'Agenzia di viaggi nashrlar bilan ishlashadi.

Tashrif yakuni boʻyicha Oʻzbekiston haqida bir qator maqolalar tayyorlanadi. Italiyalik OAVlar 2,3 million kitobxon va mutaxassislarini qamrab oladi. Shu jumladan Twitter, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmogʻida koʻplab kuzatuvchilariga ega.

Maxsus Italia a Tavola jurnalining veb portalida "Ranglar, bozorlar va turli madaniyalar chorahasi: Oʻzbekiston ziravorlari, mevalari va vinosi" nomli maqola tayyorlanib, unda undan ortiq yorqin suratlar namoyish qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala