Iqtisod

Qandim konida gaz qazib olish boshlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishNa territorii gazopererabatыvayuщego zavoda
Na territorii gazopererabatыvayuщego zavoda - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni damda gazni qayta ishlash zavodi qurilishining ikkinchi bosqichi boshlangan. Uni 2018 yilning iyul oyida yakunlash rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. "Lukoyl" kompaniyasi Qandim konlar guruhida gazni qayta ishlash zavodi qurilishining birinchi bosqichini yakunladi, deb xabar qilmoqda “Jahon”  axborot agentligi.

"Lukoyl" kompaniyasi belgilangan muddatdan besh oy oldin Qandim gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbatini ishga tushirdi”, — deyilgan xabarda.

Zavodning birinchi bosqichi quvvati yiliga 4,05 milliard kubometr gazdan iborat.

Lukoyl kompniyasi xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev "Lukoyl" kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Shuningdek, zavod ishlashi uchun kerak boʻladigan vaxta shaharchasi, avtomobil yoʻllari, zavod oldidagi hudud, elektr va suv taʼminoti tizimlari hamda eksport gazi uchun jamlash va quvurlar tizimi qurilishi ham yakunlangan.

“Ayni damda gazni qayta ishlash zavdining ikkinchi  bosqichi qurilishi davom etmoqda. Uni 2018 yilning iyul oyida yakunlash rejalashtirilgan”, — deyilga xabarda.

Eslatib oʻtamiz “Lukoyl” va Oʻzbekiston hamkorligida 2007 yilda ishlab chiqarish quvvati 3,4 mlrd boʻlgan “Xauzak-Shodi” koni, 2015 yil may oyida quvvati 2,1 boʻlgan "Quvachi-Olot va Shimoliy Shodi" konlari, 2017 yilning iyul oyida umumiy quvvati 5 milliard tonna boʻlgan Hisor konlari guruhi ishga tushirilgan edi.

2018 yilda barcha konlardan “Lukoyl” bilan hamkorlikda qazib olinayotgan gaz hajmi 14,7 milliard kubometrni tashkil qilishi kerak. Ushbu loyihalarga Rossiya kompaniyasi tomonidan kiritilgan sarmoyalar hajmi 6,5 mlrd. dollarni tashkil qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala