Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 dekabrdan eksport shartnomalari bekor qilindi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Fotobankka oʻtishFurы na granitse
Furы na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish, eksport qilinadigan mahsulot hajmi, turini oshirish maqsadida yangi prezident qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Oʻzbekiston korxonalari 1 dekabrdan boshlab tashqi bozorlarga oʻz mahsulotlarini eksport shartnomalari tuzmasdan yuborish imkoniga ega boʻldi.

Turli muassasalar nazorati talab qilinadigan shartnoma oʻrniga tadbirkorlar invoys (schet-faktura) taqdim etadigan boʻlishdi. Bu haqida mahalliy OAVlarda eʼlon qilingan prezident  qarorida habar qilingan.

“2017 yil 1 dekabrdan boshlab tadbirkorlik subʼyektlariga tovarlarni, ishlar va xizmatlarni eksport kontrakti tuzmasdan, invoyslar asosida, eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobraqamlariga oldindan toʻlov 100 foiz tushgandan soʻng va TSOYAEA* tizimiga maʼlumotlarni kiritish sharti bilan eksport qilish huquqi berilsin”, — deyilgan prezident qarorida.

TSOYAEA - Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi.

Na raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston 1 mlrd $ dan ortiq toʻqimachilik mahsulotlari eksport qiladi

Qarorda aytilishiga koʻra, meva-sabzavot mahsulotlari, xom-ashyo  mahsulotlari va ayrim turdagi “maxsus tovarlar” eksporti uchun alohida talablar saqlanib qolingan.

“Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilishda alohida talablar belgilanadi”, — deyilgan qaror matnida.

Ushbu choralar tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish, eksport qilinadigan mahsulot hajmi, turini oshirish maqsadida amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala