Mun Chje In Mirziyoyevni Koreyaga nima uchun taklif qilganiga izoh berdi

© president.uzShavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule
Shavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Men O‘zbekiston Prezidentini Markaziy Osiyo mamlakatidan birinchi davlat rahbari sifatida mamlakatga tashrif buyurishga taklif qildim va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni davom ettiraman", degan Janubiy Koreya prezidenti

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Mun Chje In Mirziyoyevni Koreyaga nima uchun taklif qilganiga izoh berdi, deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri.

Xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida Janubiy Koreya — O‘zbekiston biznes-forumida qatnashgan. Forumda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning tadbir ishtirokchilariga qutlovi o‘qib eshittirilgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida kitob chop etildi
"Yonhab" agentligi mamlakat yetakchisining so‘zlaridan iqtibos keltirgan:

"Yangi siyosat doirasida, Yevroosiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish uchun yangi komissiya tuzishni, shuningdek, iqtisodiy, transport va energetika singari turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu reja markazida Markaziy Osiyoda muhim davlat sanaluvchi O‘zbekiston bor", — degan Mun Chje In.

Janubiy Koreya prezidenti o‘zbekistonlik hamkasbini shuning uchun Seulga davlat tashrifi bilan taklif qilgan.

"Men O‘zbekiston Prezidentini Markaziy Osiyo mamlakatidan birinchi davlat rahbari sifatida mamlakatga tashrif buyurishga taklif qildim va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni davom ettiraman", degan Janubiy Koreya Prezidenti o‘zining Chxonvade qarorgohi bayonotiga tayangan holda.

Mun Chje In va Shavkat Mirziyoyev kunning ikkinchi yarmida tor va keng doirada muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Kechga borib, O‘zbekiston prezidenti hamda uning rafiqasi sharafiga Mun Chje In va uning turmush o‘rtog‘i tomonidan bayram dasturxoni yoziladi.

Yangiliklar lentasi
0