Lada Vesta universal Qozog‘istonda ishlab chiqariladi

© Press-slujba PAO "AVTOVAZ" / Mediabankka o‘tishAvtoVAZ predstavil universali Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross
AvtoVAZ predstavil universali Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lada Vesta SW va SW Cross avtomobillari Qozog‘istondagi Aziya Avto zavodida ishlab chiqarish boshlanadi.

TOShKENT,  28 noya – Sputnik.  Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida joylashgan Aziya Avto kompaniyasi 2017-yilning dekabr oyidan boshlab Lada Vesta SW va Lada Vesta SW Cross avtomobillarini ishlab chiqara boshlaydi, deb xabar qilmoqda Avtorevyu nashri.

Aziya Avto zavodi Sentabr oyidan boshlab Cevrolet Aveo avtomobilini ishlab chiqarishni boshlagan edi. Undan tashqari zavodda Shkoda va Kia avtombillarining bir necha modellari ham “yirik bo‘lakli jamlash” uslubida ishlab chiqarilmoqda.

Prezentatsiya LADA Vesta - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston avtomobillari uchun bojxona solig‘i kamaytirildi

Aziya Avto ishlab chiqaradigan Lada Vesta universallari 1.6 hajmdagi 102 ot kuchiga ega bo‘lgan va 1.8 hajmdagi 122 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatellar bilan jihozlanadi. Avtomobillar mexanik va avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.

Vesta SW va SW Cross avtomobillari narxi hali ma’lum qilinmagan, Qozog‘istonda  sotuvga chiqarilgan sedan kuzovidagi Vesta  avtomobillari narxi 3 900 000 tengedan boshlanadi —   (11800$). Universal narxi odatda sedandan 10-15 %ga ko‘proq bo‘ladi. Bugungi kunda Qozog‘istonda Lada Vesta avtomobillariga so‘rov unchalik katta emas. 2017-yilning 11 oyida 583ta Lada Vesta sotilgan. Eng bozori chaqqon avtomobillar qatorida  Ravon Nexia R2, Toyota Camry va Hyundai Elantralar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 1-oktabridan boshlab Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirishda olinadigan soliqlar miqdori keskin kamaytirilgan edi. Xususan dvigatel va ot kuchidan olinadigan soliqlar bekor qilinib, faqat avtomobilning bojxona qiymatidan 2 % li aksiz solig‘i saqlanib qolgan.

© Press-slujba PAO "AVTOVAZ" / Mediabankka o‘tishLada Vesta SW va SW Cross
AvtoVAZ predstavil universali Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross - Sputnik O‘zbekiston
Lada Vesta SW va SW Cross

 

Yangiliklar lentasi
0