Jamiyat

Toshkentda yangi quriladigan masjid uchun birinchi gʻisht qoʻyildi

Toshkent shahrida 2 dekabr kuni "Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja" jome masjidining yangidan qurilishi rejalashtirilgan binosi uchun birinchi gʻisht qoʻyildi

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Toshkent shahrining Fayziobod mahallasida joylashgan "Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja" jome masjidining qayta qurilishi boshlandi, deb xabar qildi Musulmonlar idorasi rasmiy veb portali.

Mejdunarodnыy aeroport Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev "Toshkent" xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

"Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja" jome masjidi dastlab 1962 yilda qurilgan. 1991-1992 yillarda Fayziobod mahallasida yashagan Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja hojining tashabbusi hamda mahalla ahli va faollari ishtirokida hashar yoʻli bilan qayta tiklanib, taʼmirlangan. 1997 yilda masjidga "Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja" jome masjidi nomi berilgan. 1999 yildan jome masjid sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida masjid binosi eskirganligi, bugunda taʼmirtalab holga kelib qolganligi tufayli avgust oyida masjidni qayta qurish ishlari boshlangandi.

© Upravleniye musulman Uzbekistana2 dekabrya proshla tseremoniya zakladki pervogo kirpicha dlya novogo zdaniya mecheti "Valixuja ugli Norxuja"
2 dekabrya proshla tseremoniya zakladki pervogo kirpicha dlya novogo zdaniya mecheti Valixuja ugli Norxuja - Sputnik Oʻzbekiston
2 dekabrya proshla tseremoniya zakladki pervogo kirpicha dlya novogo zdaniya mecheti "Valixuja ugli Norxuja"

Joriy yil 2 dekabr kuni masjidning yangidan qurilishi rejalashtirilgan binosi uchun birinchi gʻisht qoʻyildi.

Ushbu tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, masjid tashabbuskorlari va mahalla faollari qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala