Hodisalar

Moskvada 85 kilo geroin bilan ushlangan oʻzbekistonliklarga hukm oʻqildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishruki naruchniki
ruki naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Prokuraturaning bildirishicha, giyohvand modda maxsus yashirin joylarga qoʻyish orqali sotilgan, doimiy mijozlarga esa turli koʻrinishda chegirmalar berilgan

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Moskva viloyati sudi Oʻzbekiston va Tojikistondan boʻlgan 8 nafar fuqaroni giyohvand moddalar sotishda aybdor deb topdi, ulardan 85 kilogramm geroin musodara qilindi, deb xabar berdi Rossiya bosh prokuraturasi.

Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda giyohvand moddalar tayyorlangan bangixona aniqlandi

"Bu shaxslar alohida jinoyat ishi ochilgan sheriklari bilan birgalikda Moskva viloyatida geroin sotish maqsadida jinoiy guruh tuzgan. Guruh faoliyatiga 2014 yilda chek qoʻyilgan. Ulardan 85 kilogramm geroin musodara qilingan", — deyiladi xabarda.

Prokuraturaning bildirishicha, giyohvand modda maxsus yashirin joylarga qoʻyish orqali sotilgan, doimiy mijozlarga esa turli koʻrinishda chegirmalar berilgan.

Sud ularni Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topdi va ishtiroki darajasiga qarab 7 yildan 18 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala