Kelasi yil yoz mavsumida Issiqko‘lga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Vladislav Ushakov / Mediabankka o‘tishOzero Issik-Kul
Ozero Issik-Kul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda "Toshkent-Ribachye" yo‘nalishida poyezd qatnovi jadvali va tariflarini tuzish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. "Kirgiz temir jolu" milliy kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l kompaniyalari bilan "Toshkent-Ribachye" yo‘nalishida poyezd qatnovi kelishuvdan o‘tkazilganligini ma’lum qildi. Bu haqda temir yo‘l kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Boing 767-300 aviakompanii Uzbekskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Toshkent-O‘sh yangi aviaqatnovini ochishni taklif qildi

2018 yil yoz mavsumida poyezd haftada bir marta qatnaydi. Ushbu qatnovni amalga oshirish uchun "O‘zbekiston temir yo‘llari" poyezdlari jalb qilinadi.

Hozirgi kunda "Toshkent-Ribachye" yo‘nalishida poyezd qatnovi jadvali va tariflarini tuzish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Issiqko‘lga temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuv yaqinda Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov Toshkentga amalga oshirgan tashrif davomida erishilgan.

Yangiliklar lentasi
0