Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

© Press-slujba prezidenta RUZPrezident Mirziyoyev golosoval na vыborax deputatov goroda Tashkenta
Prezident Mirziyoyev golosoval na vыborax deputatov goroda Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Saylovning dastlabki natijalari ovoz berish yakunlanganidan soʻng eʼlon qilinishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov munosabati bilan ovoz berish jarayonida ishtirok etdi, deb yozadi OʻzLiDeP matbuot xizmati.

Vыborы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda ilk bor xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov boʻlib oʻtmoqda

Mazkur saylovdagi eng muhim yangiliklardan biri shuki, saylov davomida Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati axborot tizimi huquqiy eksperiment sifatida amaliyotga tatbiq etildi.

Ovoz berish jarayonida qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va oʻzini oʻzi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan 330 saylov okrugiga bittadan nomzod koʻrsatgan.

Saylov uchastkalari ertalab soat 6.00da ochildi va soat 20.00ga qadar ishlaydi.

Saylovning dastlabki natijalari ovoz berish yakunlanganidan soʻng eʼlon qilinishi rejalashtirilgan. Ovoz berishning yakuniy natijalari oʻn kun ichida eʼlon qilinadi.

"Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisida"gi Qonun 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala