Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Vitvitsky / Fotobankka oʻtishPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev, foto iz arxiva
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mirziyoyev Oʻzbekistonda Ilhom Aliyevning otasi – mustaqil Ozarbayjon asoschisi, davlat arbobi Geydar Aliyev xotirasiga beqiyos hurmat bilan munosabatda boʻlishlarini bildiradi

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Azerbaydjana prinyal zamestitelya premyer-ministra Uzbekistana Alishera Sultanova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

"Butun oʻzbek xalqi va shaxsan oʻz nomimdan sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan samimiy qutlayman hamda sizga cheksiz qoniqish hissi ila oʻzimning eng yaxshi tilaklarimni yetkazaman", deyiladi tabrik telegrammasida.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda Ilhom Aliyevning otasi – mustaqil Ozarbayjon asoschisi, davlat arbobi Geydar Aliyev xotirasiga beqiyos hurmat bilan munosabatda boʻlishlarini bildiradi.

"Azal-azaldan tili va dini, qadriyat va anʼanalari umumiy boʻlgan Oʻzbekiston va Ozarbayjonni ahil qoʻshnichilik, doʻstlik, oʻzaro hurmat, ishonch, bir-birini qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzaro hamkorlikka asoslangan birodarlik munosabatlari birlashtirib turadi. Bizning kelgusidagi yuqori darajadagi uchrashuvlarimiz ham doʻstlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishiga, oʻzaro hamkorlikning yuqori bosqichiga erishish uchun yangi ufqlarning ochilishiga xizmat qilishiga ishonaman", deydi Oʻzbekiston prezidenti oʻz tabrigida.

Ilhom Aliyev 1961 yil 24 dekabrda Ozarbayjonning Boku shahrida tugʻilgan. 2003 yil oktyabridan buyon Ozarbayjon prezidenti hisoblanadi.

Uning otasi Geydar Aliyev 1993-2003 yillarda mamlakatni boshqargan.

Yangiliklar lentasi
0