Jamiyat

Oʻzbekistonda ilk bor Xitoyning Unionpay kartalari orqali toʻlov imkoniyati paydo boʻldi

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Fotobankka oʻtishKitayskaya platejnaya sistema UnionPay
Kitayskaya platejnaya sistema UnionPay - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda savdo va xizmat koʻrsatish shaxobchalariga oʻrnatilgan "Qishloq qurilish bank" terminallarida bir vaqtning oʻzida Uzcard va Unionpay International xalqaro toʻlov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo boʻldi

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor Uzcard tizimi orqali Unionpay International xalqaro toʻlov kartalarida tovar va xizmatlar uchun pul toʻlash imkoniyati paydo boʻldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Natsionalnыy Bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Milliy bank plastik kartalariga QIWI orqali Rossiyadan pul oʻtkazish joriy qilindi

Mazkur xizmat Yagona umumrespublika protsessing markazi va "Qishloq qurilish bank" hamkorligida yoʻlga qoʻyildi.

Endilikda savdo va xizmat koʻrsatish shaxobchalariga oʻrnatilgan "Qishloq qurilish bank" terminallarida bir vaqtning oʻzida Uzcard va Unionpay International xalqaro toʻlov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo boʻldi. Buning uchun bank terminallariga maxsus dasturni yuklab olinsa kifoya.

Bugungi kunda sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan viloyatlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi savdo va xizmat koʻrsatish shaxobchalarida joylashtirilgan terminallarni ushbu xizmatga ulash ishlari boshlab yuborildi.

Bu xizmatning joriy etilishi xorijlik mehmonlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratadi. Kelgusida "Qishloq qurilish bank" faqatgina Unionpay International tizimi bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqaro toʻlov tizimlarini ham yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, China UnionPay 2002 yilda Xitoy milliy toʻlov tizimi sifatida yaratilgan. Hozirda Unionpay kartalari dunyoning 156 mamlakatida qabul qilinadi.

MDH davlatlarida UnionPay kartalari Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Ozarbayjonda toʻlov uchun qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala