Sport

Mirziyoyev antidoping agentligini tuzish haqida qarorni imzoladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishDoping-kontrol
Doping-kontrol - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikada joriy etish va qoʻllash masʼuliyati yuklatilgan.

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarorni imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident sport sohasidagi kamchiliklarni tanqid qildi
Mazkur qaror sogʻlom va halol sportni targʻibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini Oʻzbekistonda samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston sportchilarining 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarligiga barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikada joriy etish va qoʻllash masʼuliyati yuklatilgan.

Mazkur dastur orqali Agentlikni faoliyatini samarali tashkil etish va butunjahon tezkor maʼlumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda musobaqa va musobaqalardan tashqari boʻlgan davr mobaynida doping-test jarayonlaridan Oʻzbekiston sportchilari oʻtishi toʻgʻrisida aniq axborot shakllanadi va doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Ayniqsa, Oʻzbekiston sportchilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi toʻgʻrisida aniq tavsiyalar berish mexanizmi va samarali antidoping tizimi joriy etiladi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tarixiy murojaatnomadan iqtiboslar
Qaror bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining "Milliy antidoping xizmati" negizida "Sport psixologiyasi boʻlimi"ni tashkil etish koʻzda tutilgan. Shuningdek, Agentlik tarkibida 3 ta boʻlim va 2 ta komissiya tashkil etilishi natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa mutaxassislarga sogʻlom va halol sportni targʻiboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini taʼminlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Bu borada Agentlikka doping orqali sportchilarga yetkaziladigan zarar, inson sogʻligʻi uchun doping qabul qilishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida sport jamoatchiligini xabardor etish, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, halqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala