TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. 2017 yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotida oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2,4 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etdi, deb taʼkidladi juma kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Suxrob Xolmurodov.
U shuningdek, har yilgidek investitsion dasturlarni qabul qilishdek eskirgan amaliyotdan voz kechilganini aytdi.
Xolmurodovga koʻra, endilikda 10-15 yilga moʻljallangan davlat dasturlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi tuzilishi, u turli manbalar, jumladan chet el investitsiyalari va kreditlaridan mablagʻ toʻplashi maʼlum qilindi.
"Oʻzbekistonning kelajagini chet el investitsiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, va biz buni hozir yaxshi anglaymiz. Agar biz chet ellik sarmoyadorlar ishonch bildiradigan investitsiya muhitni yuzaga keltirmas ekanmiz, bularning barchasi befoyda.
Orqaga yoʻl yoʻq. Oʻzbekistonning investitsiyaviy muhiti faqat takomillashtiriladi va tegishli qonunchilikning barchasi shu tarzda qabul qilinadiki, Oʻzbekistonda investordan hech kim hayotda hech narsani tortib olmaydi, bu endi mumkin emas", — dedi Bosh vazir oʻrinbosari.