Hodisalar

Oʻzbekistonda goʻdak tanasidan 16 dona igna topildi

© Facebook / Lola Karimova-TillyaevaOperatsiya rebenku s vrojdennoy patalogiyey serdtsa
Operatsiya rebenku s vrojdennoy patalogiyey serdtsa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ignalarni chiqarish boʻyicha jarrohlik operatsiyasi 9 soat davom etgan va 13 ta ignani chiqarish muvaffaq boʻlingan. Qolgan 3 dona igna keyingi operatsiyada chiqarib tashlanadi. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Fargʻona viloyatida shifokorlar 11 oylik gudakning tanasidan 16 dona tikuv ignalarni topishdi. Ignalar bola tanasida bir oy davomida boʻlgan, deb xabar qildi RIA Novosti Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayangan holda.

Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
1000 dollar evaziga hujjat toʻgʻrilamoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

Shifokorlar bolada ignalarni uning onasi murojaat qilgandan soʻng, rengent qilingach aniqlashgan. Goʻdak zudlik bilan Toshkendagi Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazida operatsiyaga yotqizilgan.

"9 soatlik jarohlik operatsiyasi oʻtkazildi, bola tanasidan 13 dona igna chiqarib olindi", — deb taʼkidlagan suhbatdosh agentlikka.

Uning soʻzlariga koʻra, bolaning yoshini inobatga olgan holda, qolgan 3 dona ignani kelgusi jarrohlik amaliyotida chiqarib olish rejalashtirilgan. Hozir bola jonlantirish boʻlimida.

Sogʻliqni saqlash vazirligi vakiliga koʻra, oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, ignalar bolaning organizmida bir yarim oy davomida boʻlgan.

Markazning bolalar boʻlimi mudiri, professor Xabibulla Akimovning soʻzlariga koʻra, ignalar bola tanasining turli qismlarida boʻlganligi tufayli, bola oʻzi 16 ta ignani yuta olmagan. Huquq tartibot organlari ushbu holat boʻyicha tergov ishini boshlashgan.

Yangiliklar lentasi
0