TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning to‘ng‘ich o‘g‘li fan doktori Fidel Anxel Kastro Dias-Balart payshanba kuni ertalab Kubada o‘z joniga qasd qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Prensa Latina davlat axborot agentligiga tayangan holda.
Xabarda aytilishicha, so‘nggi bir necha oylar davomida Kastroga u chuqur tushkunlikka tushgani bois shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Avvaliga u gospitalda davolangan, so‘ngra ambulator kuzatuv rejimiga o‘tkazilgan.
Olim o‘z joniga qasd qilishdan oldin maktub yozgan.
Oltmish sakkiz yashar Kastro Dias-Balart hodisa yuz bergan kunga qadar Kuba Davlat kengashi ilmiy masalalari bo‘yicha maslahatchi va Kuba Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘lgan, innovatsiyalar mavzusi bilan shug‘ullangan.
Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro Rus 2016-yil 25-noyabr kuni 90 yoshida vafot etgan edi.