Prezident matbuot xizmatida yangi tayinlovlar

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tashkil etilgan media-markaz direktori, axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha sektori bosh konsultant va tadbirlarni tayyorlash va yoritish bo‘yicha yetakchi maslahatchilar tayinlandi.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 3-fevraldagi farmoyishi bilan prezident matbuot xizmatining tarkibiy bo‘linmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Asad Xodjayev - press-sekretar prezidenta respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Prezident matbuot-xizmatining sobiq rahbari yangi lavozimga tayinlandi

Xususan, prezident matbuot xizmati qoshida yangi tashkil etilgan myedia-markaz direktori etib Salixov Husan Ravshanovich tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining Axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha sektori bosh konsultanti etib Azimov Hurshid Ma’murovich tayinlandi. Usmonov Bobirbek Sobirovich shu sektorning yetakchi konsultanti etib tayinlandi. 

Tadbirlarni tayyorlash va yoritish sektorining yetakchi konsultanti etib Samadov Anvar Jovliyevich tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0