Vladivostokdagi O‘zbek ko‘chasiga Suriyada halok bo‘lgan rus uchuvchisi nomi berilishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Vladivostok
Goroda Rossii. Vladivostok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Primorye o‘lkasi jamoatchilari Vladivostokdagi ko‘chalarning biriga Suriyada halok bo‘lgan rossiyalik uchuvchi Roman Filippov nomini berishni taklif etishmoqda

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Primorye o‘lkasi "Grajdanskiy patrul" tashkiloti jamoatchilari Vladivostokdagi ko‘chalarning birini Suriyada halok bo‘lgan rossiyalik uchuvchi Roman Filippov nomi bilan atashni so‘rashmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.

Tegishli murojaatnoma kuni kecha 5-fevral kuni Vladivostok rahbari Vitaliy Verkeyenko va Duma raisi Andrey Brik nomiga yuborilgan.

Jamoatchilar O‘zbek ko‘chasi, Xiva ko‘chasi yoxud yangi qurilayotgan "Snegovaya Pad" mikrorayonidagi nomsiz ko‘chani variant tarzida ko‘rib chiqishni so‘ramoqdalar, deb yozgan nashr.

Shaharning bir qismiga Vatan himoyachisi nomi berilishi uning xotirasiga bo‘lgan hurmatni asrlar davomida saqlab qolajak, degan fikrdamiz, deya ta’kidlagan "Grajdanskiy patrul" faollaridan biri Andrey Kolov.

Shturmovik Su-25 SM VVS Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada Rossiyaning Su-25 samolyoti urib tushirildi
Eslatib o‘tamiz, 3-fevral kuni Rossiyaning Su-25 samolyoti Suriyaning Idlib viloyatida urib tushirildi. Uchuvchi samolyotni tark etishga ulgurgan, lekin jangarilar bilan bo‘lgan jangda qurbon bo‘lgan. Samolyot "Jabhat-an-Nusra" jangarilari tomonidan, ko‘chma zenit-raketa qurilmasi yordamida urib tushirilgan.

Rossiya harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan samolyot Idlib viloyatidagi tinchlik o‘rnatish hududi ustidan navbatchi parvoz amalga oshirayotgan vaqtida zarbaga uchragan.

Harbiy Primorye o‘lkasida xizmat qilgan, u yerda uning oilasi qolgan. Primorye o‘lkasi gubernator o‘rinbosari Andrey Tarasenko halok bo‘lgan uchuvchining oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qilgan, va uchuvchining mintaqada xizmat qilganini va u "hujum aviatsiyasi shunqori" bo‘lganini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0