Iqtisod

Oʻzbekistonda 22ta oltin konlari oʻzlashtiriladi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Fotobankka oʻtishZolotonosnыy rudnik
Zolotonosnыy rudnik - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Jumladan 25 turdagi foydali qazilmalar zahiralarini koʻpaytirish va geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish hisobiga 50ta 3 yangi konlarni sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlash rejalashtirilgan. Shundan 22 tasi oltin, 3 ta uran, 2 rangli metallar va har xil noruda foydali qazilmalar

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha dunyoning kuchli 10lik davlatlari roʻyxatiga kiruvchi Oʻzbekistonda 2018-2019 yillarda 22 ta yangi oltin konlari oʻzlashtiriladi, bu haqda 21 fevral kuni Milliy matbuot-markazida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Gorno-obogatitelnыy kombinat - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonda mis va oltin qidiruv ishlarini bajaradi
Brifingda taʼkidlandiki, uch oy muddatda "Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash", ""Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog" faxriy unvonini taʼsis etish" toʻgʻrisidagi qonunlar ishlab chiqiladi va tasdiqlashga kiritiladi.

Shuningdek "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida"gi qonunga Davlat geologiya qoʻmitasining sohadagi oʻrni va masʼuliyatini oshirish, investitsiyaviy faoliyatni ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi "2018-2019 yillarda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi" toʻgʻrisidagi qarorida sohani modernizatsiya qilish hisobiga kon-metallurgiya kombinatlari xom ashyo zahiralarini koʻpaytirish bilan bir qatorda yer osti suvlari zahiralarini keskin oshirish, yangi konlarni tezkor aniqlash choralari koʻzda tutilgan.

Jumladan 25 turdagi foydali qazilmalar zahiralarini koʻpaytirish va geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish hisobiga 50ta yangi konlarni sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlash rejalashtirilgan. Shundan 22 tasi oltin, 3 ta uran, 2 rangli metallar va har xil noruda foydali qazilmalar.

Proizvodstvo zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Sharof Rashidovni avantyuristga chiqargan gʻoya: Oʻzbekistonda oltin konining vujudga kelishi
20 tasi yer osti suvlari konlarini topish hisobiga 6 ta viloyatdagi 2 ta shahar, 12 ta posyolka va 220 ta qishloq aholi punktlari (1,34 mln kishi) suv manbasi bilan taʼminlanadi.

Dastur bilan 2 yil mobaynida 785 ta yangi zamonaviy texnika xarid qilinib ishga tushirilishi rejalashtirilgan (48,1 mln.dollar), shundan 66 ta burgʻulash, 30 ta togʻ-kon, 87 ta laboratoriya, 142 ta geofizika va geodeziya uskunalari hamda avtotransport vositalari.

Bundan tashqari, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi hududlarda joylashgan geologik 6 ta posyolkada boshqa hududlardan borib ishlayotgan 64 ta yosh mutaxassislar oilasi uchun 32 ta uy qurib beriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 6 dekabrda "Oʻzbekiston qattiq foydali 4 qazilmalarining investitsiyaviy salohiyati xalqaro konferentsiyasi" oʻtkazildi. Unda 30 dan ortiq chet el kompaniyalari ishtirok etdi va 5 ta kelishuvlar imzolandi.

Oʻtgan davr mobaynida xorijiy investorlar bilan jami 12 ta istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganish va 6 ta konlarni oʻzlashtirish boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Ular qatoriga Rossiyaning Rosgeoperspektiva, Kanadaning B2Gold, Koreyaning Shindong Resorsiz, Turkiyaning TUMADva boshqa qator kompaniyalar kiradi.

Yangiliklar lentasi
0