Lukashenko O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko
Prezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif sanalari kelishiladi, deb ta’kidladi Belarus rahbari

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrif uyushtirmoqchi, deb xabar qildi Belarus rahbari matbuot-xizmati.

Lukashenko bugun O‘zbekistondagi Belarus rahbari etib Leonid Marinichni tayinladi. U shu vaqtgacha respublika qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Boyeviki terroristicheskoy gruppirovki Islamskoe gosudarstvo (Zapreshena v RF) - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko: O‘zbekiston terrorchilar nishoni ostida qolishi mumkin
Belarus prezidenti ikki davlat munosabatlari, so‘nggi vaqtlarda, ayniqsa Shavkat Mirziyoyevning hokimiyat tepasiga kelishi bilan  faol rivojlana boshlanganini ta’kidlab o‘tdi.

"U o‘z ishini yaxshi biladigan, iste’dodli inson, aqlli, o‘z mamlakatining istiqbolini ko‘ra oladigan. Men u o‘z xalqi uchun qanchalik yaxshilik istashini ko‘rib turibman. U bizning qiyofamizda yaxshi sheriklarni ko‘rgan ekan, bu biz uchun yaxshi. Biz qisqa vaqt ichida ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Shuning uchun mening O‘zbekistonga tashrifim aniq vaqt kelishiladi, ayrim yakunlar qilinadi, va biz munosabatlarimizda yangi olg‘a intilishlar haqida gaplashamiz", — deb ta’kidlagan Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi belarus texnologiyalari va mahsulotlariga talab kuchli.

"Biz ularga har borada yordam berishimiz kerak, u odamlar bizga begona emas", —qo‘shimcha qilgan Lukashenko.

U shuningdek, elchining asosiy vazifasi — qabullarga borish yoki Belarus tomonni vakili sifatida o‘zini ko‘rsatish emas, balki savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish ekanligiga e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil yakunlari bo‘yicha Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi ikki barobar ortgan, 2018-yilning yanvariga kelib — 2,7 barobar ko‘paygan. Shu bilan birga belarus eksporti chorak foizga ortgan. O‘zbekistonda bir qator hamkorlikdagi korxonalar ishlab turibdi, tomonlar yana birgalikdagi to‘rt loyihani hayotga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0