“O‘zavtotrans” agentligi tashkil qilindi

© tashtrans.uzAvtobus "Tashkent-Charvak"
Avtobus Tashkent-Charvak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tashkil qilingan agentlik respublikadagi barcha yo‘lovchi va yuk transporti faoliyatini boshqaradi. Daryo transporti boshqaruvi esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

TOShKENT, 7 mar – Sputnik. O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi o‘rnida O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi tashkil qilindi. Daryo transportini boshqarish vazifasi esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga o‘tkazildi.

Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 3589-sonli “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

Obshestvenniy transport v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yo‘lovchi transportida marketing izlanishlari o‘tkaziladi

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda respublikada avtotransport ho‘jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti. Og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi parkining eskirganligi yuqoriligicha qolmoqda.

Undan tashqari, tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘lovchilar tomonidan yo‘l haqini elektron tarzda to‘lash samaradorligi, tushumning yig‘ilishi va to‘laligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas.

Yuqoridagilarni qayd etgan holda, hamda avtomobil transporti tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish, avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida:

Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jamoat transporti kelajagi

1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining daryo transporti sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha vakolati O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o‘tkazilsin.

2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zavtotrans” agentligi deb ataladi) etib qayta nomlansin.

“O‘zavtotrans” agentligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar bo‘ladi:

  • avtomobil transporti obyektlari va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlovchi istiqbolli axborot-kommunikatsion texnologiyalarini va innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llagan holda yangi boshqaruv tizimlarini joriy etib, avtomobil transporti sohasida yagona texnika siyosatini yuritish;
  • avtomobil tashuvlarida xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro normalar, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ xujjatlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va shakllantirish;
  • qishloq aholi punktlarini, shaharlar, viloyat va tuman markazlarini bog‘lovchi yangi yo‘nalishlarni ochish, avtomobil transportini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Transport tizimini qanday rivojlantirishni yo‘lovchilarning o‘zlari aytishadi
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llab, avtovokzallar va avtostansiyalar faoliyatini markazlashgan holda boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish;
  • avtovokzallar va avtostansiyalar, to‘xtash bekatlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni tashkil etish;
  • tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘llarda harakatlanish tezligi monitoringi,  harakat yo‘nalishi sxemasiga rioya etilishi hamda markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimini joriy etish;
  • xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol muloqot qilish orqali avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochish;
  • avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • avtomobil transportida, eng avvalo, transport xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tizimli tashkil etish;
  • Avtotransport sohasidagi professional o‘quv muassasalari

    Avtomobil magistrali - Sputnik O‘zbekiston
    O‘zbekiston MDH davlatlarini o‘z transport tizimiga taklif qildi

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Nukus avtomobil yo‘l-xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejini, Andijon transport va xizmatlar ko‘rsatish kasb-hunar kollejini hamda Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejini, ularning ta’minotini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, “O‘zavtotrans” agentligi tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

    Rivojlanish jamg‘armasi

    Ilmiy-tadqiqot ishlari, yo‘lovchi avtovokzallari va avtostansiyalari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi yo‘nalishlari oraliq bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha dasturlar, avtotransport vositalarini xarid qilish va avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “O‘zavtotrans” agentligini saqlashni moliyalashtirish maqsadlari uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda  Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etilsin.

    Jamg‘armani moliyalashtirish manbalari:

    • shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishga litsenziyalar berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish uchun to‘lanadigan davlat boji mablag‘larining 100 foizi;
    O‘zbekiston Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishiga qo‘shilishi mumkin
  • “O‘zavtotrans” agentligining hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan avtomobil tashuvlari sohasida tuzilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar bo‘yicha undiriladigan jarimalar summasining 84 foizi;
  • Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlar kreditlari (zayomlari) va grantlari;
  • davlat va xususiy hamkorlik doirasidagi xususiy investitsiyalar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
  • Avtovokzal va avtostansiyalar O‘zavtotrans agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi

    O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “O‘zavtotrans” agentligi va uning tomonidan tashkil etiladigan yangi mustaqil tashkilotlarga davlat tasarrufidagi avtovokzallar, avtostansiyalar, binolar va ishlab chiqarish maydonlarini berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

    Yangiliklar lentasi
    0