Jamiyat

Post-patrul xizmati xodimlari videokamera bilan taʼminlanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishUstanovka veb-kamerы
Ustanovka veb-kamerы - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar IIBB oʻz xodimlari uchun 2 ming donadan ortiq videokameralar sotib olishni rejalashtirgan. Ular yordamida xodimlarning aholi bilan muloqoti yozib olinadi.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Toshkent shahrida ushbu yilning sentbyar oyiga qadar patrul-post xizmati xodimlari mobil videokameralar bilan jihozlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida jurnalistlarga IIV yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Erali Bozorov xabar qildi.

 

“Bu, post-patrul xizmati xodimlarini kameralar bilan jihozlash loyihasi doirasida sotib olinadigan birinchi partiya boʻladi xolos. Ayni damda biz ushbu loyiha ustida ishlayapmiz, xorijiy tajribani oʻrganayapmiz va kameralarni yetkazib beruvchini tanlamoqdamiz. Bu oson ish emas, uni har tomonlama chuqur oʻylab bajarish kerak”, — dedi Bozorov.

Mobil kameralar ichki ishlar xodimlarining xizmat vazifalarini bajarish jarayonini, ayniqsa ularning fuqarolar bilan muloqot qilishini qayd qilib boradi.  Bularning hammasi poraxoʻrlik va xizmat vazifalarini suistemol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Chirchiqda foto va video kuzatuv moslamalari ishga tushirildi

Bundan biroz oldin Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev poytaxt ichki ishlar xodimlari uchun ana shunday kameralardan 2 ming dona sotib olish rejalashtirilgani haqida aytib oʻtgan edi. Kameralar borasida IIBB Xitoy, Janubiy Koreya va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini oʻrganib chiqishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, IIBB xodimlarini kameralar bilan taʼminlash haqida dastlab Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili Oliy Majlis deputatlari oldida soʻzlagan nutqida aytib oʻtgan edi.

Huquqni saqlash organlari xodimlarini kameralar bilan jihozlash tajribasi Yevropada juda yaxshi natijalarga olib kelgan edi. Xususan kameralar tadbiq etilganidan soʻng Buyuk Britaniya politsiyasi xodimlariga ustidan tushayotgan shikoyatlar soni 93%ga kamaygan edi. Ana shunday kameralar bilan jihozlash tajribasi Rossiya, Belorussiya va MDHning boshqa mamlakatlarida ham muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala