Dunyoda

Kim Chen In AQSH bilan tinchlik shartnomasini imzolamoqchi

© Jung Yeon-je / AFPFotografiya Kim Chen Ыna i Donalda Trampa na ekrane televizora
Fotografiya Kim Chen Ыna i Donalda Trampa na ekrane televizora - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH bilan tinchlik shartnomasini imzolash taklifi shimoliy Koreya hukumati tomonidan avvaldan, xususan, Kim Chen Inning buvasi Kim Ir Sen davridan buyon bildirib kelingan ammo Vashington shu vaqtgacha bunday imkoniyatni hatto muhokama qilishdan keskin bosh tortib kelar edi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSH bilan tinchlik shartnomasini tuzishni va ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlarni yoʻlga qoʻyishni "qattiq xohlashi"ni maʼlum qildi, deb xabar berdi dushanba kuni "Tona ilbo" nashri Janubiy Koreya prezidenti maʼmuriyatidagi yuqori martabali manbaga tayangan holda. RIA Novosti xabari asosida.

Nashr suhbatdoshi soʻzlariga koʻra, AQSH bilan munosabatlarni mustahkamlash haqida oʻz qarorini Pxenyanda janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvi vaqtida maʼlum qilgan.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik Oʻzbekiston
Kim Chen In "oʻtmishni kovlamasdan" Janub bilan aloqalarni yaxshilashni buyurdi

"Kim Chen Inning pirovard maqsadi AQSH bilan tinchlik shartnomasini imzolash va normal diplomatik munosabatlarni oʻrnatishdir, Pxenyanda Amerika elchixonasi ochilishi ham mumkin", — deb aytgan manba.

Ilgarirov shimoliy koreyalik yetakchi AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish taklifini kiritgan edi, Vashingtonda bu taklifga rozi boʻlishgan edi. Muzokaralar uchrashuvi vaqti va joyi esa sal keyinroq kelishilishi haqida maʼlum qilingandi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH bilan tinchlik shartnomasini imzolash taklifi shimoliy Koreya hukumati tomonidan avvaldan, xususan, Kim Chen Inning buvasi Kim Ir Sen davridan buyon bildirilib kelinadi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: 8 yoshga toʻlgan Kim Chen Inga taʼzim qilgan generallar hozir ham uning yonida
Vashington shu vaqtgacha bunday imkoniyatni hatto muhokama qilishdan keskin bosh tortib kelgan, chunki AQSH va Janubiy Koreya Respublikasi oʻrtasida ittifoqdoshlik aloqalari mavjud boʻlib, u mamlakat qonunlariga koʻra, KXDR bu davlat emas, balki taʼqiqlangan "antidavlat tashkilot"dir.

Bill Klinton prezidentligi davrida ham amerikaliklar Pxenyan bilan diplomatik munosabatlarni oʻrnatish borasida muzokaralarni olib borishgan. Oʻshanda hattoki sobiq GDR vakolatxonasi binosi oʻrnida Qoʻshma Shtatlar elchixonasini ochish imkoniyati koʻrib chiqilgan edi. Ammo sal vaqtdan soʻng u yerda AQShning Shimoliy Koreyadagi vakili rolini bajaruvchi Shvetsiya diplomatik missiyasi joy egaladi.  Ammo Amerikada hukumat oʻzgargach va Jorj Bush hukumati paydo boʻlgach, bu rejalarning barchasi yoʻqqa chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala