Hodisalar

Oʻzbekistonda "jinsiy qullik"ka joʻnatish bilan shugʻullangan ayol qoʻlga olindi

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan Qozogʻiston fuqarosiga 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻzbekiston huquq tartibot organ xodimlari fohishalik bilan shugʻullanish uchun ayollarni joʻnatish ishlarini yoʻlga qoʻyishda gumonlanayotgan Qozogʻiston fuqarosi qoʻlga olindi, deb xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ustanovka veb-kamerы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Post-patrul xizmati xodimlari videokamera bilan taʼminlanadi

Xabarda aytilishicha, 2018 yil 6 mart kuni fuqaro G.O. Sirdaryo viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 1985 yilda tugʻilgan fuqaro M.SH. va 1975 yilda tugʻilgan Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi S.N.lar uni Qozogʻiston Respublikasi, Ostona shahrida fohishalik bilan shugʻullanish uchun yuborib, har oyda 2000 dollari pul topishini, foydasining 50 foizini ularga berishini aytib qiziqtirayotganliklarini maʼlum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

2018 yil 9 mart kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-tadbir natijasida N.S. va SH.M.lar Qozogʻiston Respublikasi, Chimkent shahriga Sirdaryo tumani, Quyosh MFYda joylashgan "Sirdaryo" chegara maskani orqali G.O.ni shaxvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborishmoqchi boʻlgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi "ye,z" bandlari (odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, jabrlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib oʻtgan holda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala